06/03/2024

2024- yilning yanvar oyida Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 119,3 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati +12,8 %ga to‘g‘ri keldi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tarkibida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar 83,4 foiz bilan ustunlik qildi.

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlari  hajmi oshib bormoqda 2022 yilda - 73,9 mlrd. so‘mni va 2023 yilda - 89,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarga hududlar kesimida qaralganda eng yuqori hajmni Bo‘stonliq tumanida 15,5 mlrd.so‘mga va Zangiota tumanida 14,0 mlrd.so‘mga to‘g‘ri keladi.