2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 333 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 167 tani tashkil qildi (ulushi 9,2 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 392 ta
- Toshkent tumani – 328 ta
- Qibray tumani – 316 ta
- Chirchiq shahri – 312 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 959 ta
- sanoat sohasida – 563 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 411 ta
- boshqa turlar – 497 ta
- qurilish– 212 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 225 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 162 ta
- axborot va aloqa – 69 ta
- tashish va saqlash – 69 ta