2024- yil 1- fevral holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 620 taga yetdi.
Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo sohasidagi ulishi 62,6 foizni;
- avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo sohasidagi ulishi 30,2 foizni;
- avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida 7,2 foizni tashkil etdi.