2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 41 001,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 % ga oshgan.
Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 9,6 % ni tashkil etgan.