Joriy yilning 22-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda O’rta Chirchiq tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi Z. Saparov tomonidan O’rta Chirchiq tumanida xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati hamda 4-xizmat (JSh) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuvda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.