2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 9,5 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 66,5 % ni tashkil etgan.
Fuqarolik obyektlarini qurilishi faoliyatida 3 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi – 21 % ni, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 1,8 trln. soʻmlik ishlar bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi 12,5 % ni tashkil etgan.