21/02/2024

Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari uchun Statistika faoliyatini tashkil etish, profilaktika ishlari hamda xalqaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

1-7b5awd4270

2-7b5a4264

Shuningdek, vebinarda xodimlarga statistika dasturlarining mazmun-mohiyati, ishlab chiqilishi va monitoringini yuritish tartiblari, statistika sohasida huquqbuzarlikni profilaktika qilish va ma’muriy amaliyot, rasmiy statistikani tarqatish idoraviy siyosati, statistika organlarida statistika byulletenlarini rasmiylashtirish, statistika to‘plamlarini shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, “MHT-2008” xalqaro uslubiyoti: o‘zgarishlar, tavsiyalar va ularni joriy etish, YaIM (YaHM) va tarmoqlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat shakllanishining xususiyatlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Ushbu yo‘nalishlardagi vazifalar hududlar kesimida qayday amalga oshirilishi bo‘yicha koʻrsatmalar berildi va qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-7b5a4248

4-7b5a4240

Vebinar yakunida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi xodimlari test sinovlaridan otkazildi va ularning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish darajasi baholandi.

5-7b5a4253