20/02/2024

2023- yil yanvar-dekabr oylarida viloyatning asosiy kapitalini ko‘paytirishga 44 449,2 mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 112,8 %ni tashkil qildi. Asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 25 269,7 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida 14 705,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning deyarli yarmidan ko‘p ulushi, ya’ni 58,9 foizi viloyatning 5 ta hududi, jumladan, Olmaliq shahri (32,3 %), Bekobod shahri (8,1 %), Ohangaron tumani (7,7 %), Chirchiq shahri (5,5 %) va Zangiota tumani (5,3 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.