2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 21 579 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 21 982 kishini tashkil qildi.
Hududlar bo‘yicha Chirchiq shahrida hamda Zangiota, Qibray, Toshkent tumanlarida ko‘chib kelganlar soni boshqa hududlarga nisbatan koʻproqni tashkil etdi.