20/02/2024

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra 45 927 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 045 taga yoki 102,3 %ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar soni 30 904 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 254 taga yoki 100,8 %ni tashkil etdi.

2023- yilda yangi tashkil etilgan mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar soni 5 992 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 356 taga yoki 129,2 %ga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.