2024-yil 16-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3165-son qarori ijrosi hamda 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ga muvofiq, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida, Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olayotyotgan Media marketing va Iqtisodiy jurnalistika yoʻnalishi talabalari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi Abrorali Mamadjanov talabalarga “Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari tahlili” mavzusida taqdimot qildi.
Ochiq muloqotda yalpi ichki mahsulot, tashqi savdo, xalqaro tashkilotlar bilan statistika idoralarining hamkorligi yoritildi. Ilmiy ishda kerak boʻladigan statistik tahlillar, ochiqlik va shaffoflik borasida talabalar tomonidan berilgan savollarga agentlik mutaxassislari atroflicha javob berishdi.
Ochiq muloqotda faol qatnashgan talabalarga statistik adabiyotlar sovgʻa qilindi.