19/02/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 113,3 %ni tashkil etdi.

Shuningdek, Qurilish sohasi 111,8 %, Axborot va aloqa sohasida 143,8 %, Sanoat sohasi 112,0 %, Tashish va saqlash sohasi 136,2 %, Savdo sohasi 123,2 %, Ta’lim sohasi 116,1 % hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish 111,4 % o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.