19/02/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 620 taga yetdi va bu sohada 216  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

  • Zangiota tumani – 40 ta
  • Bekobod shahri– 16 ta
  • Yuqori Chirchiq tumani– 14 ta
  • Qibray tumani– 14 ta
  • Parkent tumani– 14 ta
  • Toshkent tumani – 12 ta