15/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabrida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 41 001,6 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 88,5 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 104,0 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Bekabod tumani (4 252,7 mlrd. so‘m), Bo‘stonliq tumani (3 483,3 mlrd. so‘m), Yangiyo‘l tumani (3 295,9 mlrd. so‘m), Parkent tumani (3073,0 mlrd. so‘m), Oqqo‘rg‘on tumani (2 971,2 mlrd. so‘m) hamda Zangiota (2 743,3 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.