15/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i Sagdiyev Zavqiddin tomonidan“ Siz hisobotlarni topshirdingizmi” aksiyasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda, Davlat tashkilotlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilash hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi idoralarga hisobotlar topshirish tartibini tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarning 2023- yildagi faoliyati to‘g‘risidagi   1-NNT hisobotni  e-stat.4 portali orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi va ularning muddatlari  bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.