14/02/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar- dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 105,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 105,1 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab ishlab chiqarishidagi ulushi 85,7 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 90027,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.