14/02/2024

2023- yilning yanvar–dekabr oylarida Toshkent viloyatida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 19 851,7 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,3 %ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 52,3 %ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 305,9 ming tonna go‘sht, 1 022,8 ming tonna sut 1 509,7 mln. dona tuxum  yetishtirildi va 27 124,9 tonna baliq ovlandi.