Joriy yilning 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent moliya institutida mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Umarov Muxtor Turayevich “Iqtisodiy xafsizlik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Davlat byudjet va gʻaznachilik ishi” fakulteti talabalariga “Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati” mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda O’zbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasi to’g’risida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tdi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun ham amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.