13/02/2024

Joriy yilning 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish” boʻlimi xodimlari uchun Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusida vebinar tashkil etildi.

1-7b5a3991

Shuningdek, vebinarda xodimlarga korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni sifatli tayyorlash, ularni o‘z vaqtida foydalanuvchilarga etkazib berish, hamda ma’lumotlarni tekshirish tartibi batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

2-7b5a4007

Vebinar yakunida Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha  test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

3-7b5a3987