2023-yil yakunlariga koʻra, Toshkent viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 23 266,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yil bilan taqqoslanganda 4 % ga oʻsgan.
Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 22,4 % ni tashkil etgan.