Oʻzbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga jami 417 080 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 157 344 ta;
- sanoat sohasida – 68 564 ta;
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 37 178 ta;
- qurilish sohasida – 34 272 ta;
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 183 ta;
- tashish va saqlash sohasida – 17 716 ta;
- axborot va aloqa sohasida – 10 147 ta;
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 427 ta;
- boshqa sohalarda – 54 249 ta.