2024-yilning 1-yanvar holatiga (texnik koʻrik natijalari boʻyicha), Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 4 020,7 ming birlikni tashkil etgan.
Shundan yengil avtomobillar soni 3 759 ming birlikni tashkil etgan.
Jami avtotransport vositalaridan:
- yengil avtomobillar – 3 759 ming birlik;
- yuk avtomobillari – 240,9 ming birlik;
- avtobuslar – 6,3 ming birlik;
- mikroavtobuslar – 9,1 ming birlik;
- maxsus transportlar – 5,4 ming birlik.