05/02/2024

Toshkent viloyatuda 2023- yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 1858,2 mln. AQSh dollari qiymatdagi (2022- yilning shu davriga nisbatan 91,0 %) tovar va xizmatlar eksport qilindi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,7 %ni tashkil etib, bular asosan sanoat tovarlari (62,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (12,7%), turli xil tayyor buyumlar (13,1 %), nooziq-ovqat xom-ashyosi (yoqilg‘idan tashqari) (3,2 %), kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar (4,1 %), shuningdek, mashina va transport asbob-uskunalari (3,3 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.