05/02/2024

Joriy yilning 2-fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot soati o‘tkazildi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti R.Gafforov tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni,  O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari mazmun-mohiyati tushintirildi.

Shuningdek “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (18.12.2023- yil, O‘RQ–883-son); “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun (25.12.2023- yil, O‘RQ–884-son); “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (25.12.2023- yil, O‘RQ–887-son);  “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (25.12.2023- yil, O‘RQ–888-son); “Soliq va budjet siyosatining 2024- yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (28.12.2023- yil, O‘RQ–891-son) “2024- yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun (25.12.2023- yil, O‘RQ–886-son); “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (25.12.2023- yil, O‘RQ–889-son); “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (27.12.2023- yil, O‘RQ–890-son)lar mazmun-mohiyati to‘g‘risida aytib o‘tildi.