2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 66 580 tani tashkil qilib, shundan 45 295 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 7 156 taga yetdi. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p savdoda 2 883 ta va sanoatda 1 187 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.