02/02/2024

Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yil yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 21 470,3 mlrd.so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 48,3 %, mashina, uskuna va inventarlarga 19 604,9 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 44,1 %ini tashkil etdi, va boshqa xarajatlarga 3 374,0 mlrd. so‘m ya’ni 7,6 %i o‘zlashtirildi.

Hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida qurilish-montaj ishlarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Oqqo‘rg‘on tumanida kuzatildi – 88,2 % yoki 278,5 mlrd. so‘m.