2023- yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 154,6 ming tonna sabzavotlar yetishtirildi.
2022- yilning mos davriga nisbatan 4,8 %ga ko‘paygan.
Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 78,5 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.