02/02/2024

2023- yilda Toshkent viloyatida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir.

O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,0 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 22,4 %), sanoatda – 105,1 % (47,0 %), qurilishda – 106,2 % (5,8 %), xizmatlar sohasida –105,7 %ni (24,8 %) tashkil etdi.

Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 109,3 % (6,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 108,7 % (4,8 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,0 %dan (13,5 %) iborat bo‘ldi.