01/02/2024

Joriy yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati” bo‘limi boshlig‘i Botir Melikmurotov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari X.Igamberdiyev tomonidan Olmaliq shahar, Bo‘ka va Piskent tuman statistika bo'limlarida profilaktika ishlari olib borilib, xodimlarning huquqiy madaniyati oshirildi.

O'zbekiston Respublikasining 2017- yildagi “Korrupsiya to'g'risida"gi qonuni mazmun mohiyati tushuntirib, xodimlarning korrupsiya holatilariga nisbatan murosasiz ko'nikmalarini shakllantirish hamda xizmat xonalarini korrupsiyani oldini olish bo'yicha banner, buklet va flayerlar bilan jihozlash bo'yicha amaliy ishlar olib borildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Rasmiy statistika to'g'risida"gi qonuni talablariga rioya qilish bo'yicha xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.