31/01/2024

2023- yil yanvar-dekabr oylarida Toshknt viloyatida chakana savdo xizmatlari ulushi viloyat boʻyicha umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i 70,4 %ini tashkil etdi.

2022- yilning mos davrida chakana savdo xizmatlari ulushi 69,5 %ga to‘g‘ri kelgan.

Ulgurji savdo xizmatlarining (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) ulushi 20,8 %ni tashkil etdi (2022- yilning mos davrida ulgurji savdo xizmatlari ulushi 21,1 %ga to‘g‘ri kelgan). Avtomobil va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi, avtomobil va mototsikllarni ta’mirlash xizmatlarini qo‘shgan holda umumiy savdo xizmatlarining ulushi 8,8 %ni tashkil qildi (2022- yilning mos davrida avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi, avtomobil va mototsikllarni ta’mirlash xizmatlarini qo‘shgan holda umumiy savdo xizmatlarining ulushi 9,4 %ga to‘g‘ri kelgan).