31/01/2024

Joriy yilning 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent moliya institutida mahorat darsi tashkil etildi.

1

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshqarmasining Joriy hisoblar boʻlimi boshligʻi Mexmonov Jahongir Osimxonovich “Iqtisodiy xafsizlik” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Davlat byudjet va gʻaznachilik ishi” fakulteti talabalariga "Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar" mavzusida taqdimot qildi.

2

Taqdimotda O’zbekiston Respulikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining besh yillik dinamikasi, o’sish sur’atlari va unga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida ma’lumot berildi.

3

Tadbir yakunida Statistika agentligi mutaxassisi tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tdi hamda bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazish hamda talabalar uchun ham amaliyot darslarini tashkil etishga kelishib olindi.