Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 6 940 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 2 882 ta
- sanoat sohasida – 1 185 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 568 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 621 ta
- qurilish sohasida – 457 ta
- tashish va saqlash sohasida – 253 ta
- axborot va aloqa sohasida – 182 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 90 ta
- boshqa sohalarda – 702 tani tashkil etgan.