Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 051,8 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 58,4 ming kishiga yoki 2,0 %ga ko‘paydi. Shundan, 1 527,5 ming kishi - shahar joylarida (jami aholi sonining 50,1 %) va 1 524,3 ming kishi - qishloq joylarida (49,9 %) tashkil etdi.