Respublikamizda 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 86 030 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 33 470 ta
- sanoat sohasida – 14 101 ta
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 9 388 ta
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 5 955 ta
- qurilish sohasida – 4 859 ta
- tashish va saqlash sohasida – 3 946 ta
- axborot va aloqa sohasida – 2 932 ta
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 1 458 ta
- boshqa sohalarda – 9 921 tani tashkil etgan.