26/01/2024

Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'I, boshliq o‘rinbosarlari, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika bo‘limlari ishtirok etishdi.

Seminarda Boshqarma boshlig'i Sh.Jamoldinov soʻzga chiqib, hozirgi kunda korrupsiya keltirib chiqaruvchi bir nechta sabablarni aytib korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, hamda korrupsiya ko‘rinishlarining oqibati bilan emas, balki sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribada keng qo‘llash davr talabi bo‘lib qolganligini aytib o‘tdi.