26/01/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019- yil 5-fevraldagi PF-5655 son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar qatnashdi.

Seminar jarayonida “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i U.Sattorov tomonidan seminar ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.

Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.