25/01/2024

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yil amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1

2-

Mazkur yig‘ilishda Statistika agentligining xotin-qizlari hamda Hududiy statistika boshqarmalari xotin-qizlari ishtirok etdi.

3

4-

Tadbirni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich bugungi kunda oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani, statistika tizimida xotin-qizlarning o‘rni va yutuqlari xaqidagi nutqi bilan ochib berdi.

5

6

Tadbirda agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Talipova Zulxumor Normatovna so‘zga chiqib, agentlikda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

7

8

Agentlik xotin-qizlarining mavzuga doir berilgan barcha savollariga Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi tomonidan atroflicha javoblar berildi.