Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4796-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatiga Sifat menejmenti tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish bosqichini samarali tashkil etish maqsadida, “GOODZONE CONSULT” MChJ konsalting tashkiloti tomonidan “ISO 9001:2015 standarti talablarini joriy etish va tahlil qilish” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zohidjan Muratovich hamda agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda “GOODZONE CONSULT” MChJ konsalting tashkiloti tomonidan biriktirilgan vakil ishtirokchilarga “ISO 9001:2015 standarti talablarini joriy etish va tahlil qilish” mavzusi yuzasidan atroflicha tushunchalar berib oʻtdi.