2024- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 295 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 195 tani tashkil qildi (ulushi 9,3 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Zangiota tumani – 385 ta
- Toshkent tumani – 334 ta
- Qibray tumani – 326 ta
- Chirchiq shahri – 308 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 1 991 ta
- sanoat sohasida – 568 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 409 ta
- boshqa turlar – 494 ta
- qurilish– 210 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 225 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 162 ta
- axborot va aloqa – 65 ta
- tashish va saqlash – 71 ta