18/01/2024

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 105762,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,1 %ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,7 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 90027,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.