Toshkent viloyati Bo‘ka tumani statistika bo‘limi xodimlari kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marotaba taqdim etiladigan 1-kichik biznes (1-KB) yillik hisobotini muddatida taqdim etilishi bo‘yicha tumandagi soliq, bank idoralarida hamda davlat xizmatlari markazida e’lonlar qo‘yib targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.