18/01/2024

 Joriy yilning 17- yanvar kuni Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi va Statistika boshqarmasi hamkorligida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan Statistik hisobotlarni taqdim etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

 Seminarda “Nodavlat notijorat tashkilotlarning 2023- yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni  E-stat 4.0 elektron tizimi orqali elektron shaklda taqdim qilish to‘g‘risida” hisobotlarni topshirish muddatlari va tartibi bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berib o‘tildi.