17/01/2024

2023- yil yanvar-noyabr oylarida Toshkent viloyatida taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmi 693,9 mlrd. so‘mni hamda o‘sish +7,0 %ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi Chirchiq shahrida qayd etilgan (202,7 mlrd. soʻm) va o‘sish sur’ati 120,9 %ni tashkil etdi. Eng kam ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi O‘rta Chirchiq tumanida (4,6 mlrd. soʻm) qayd etilgan hamda o‘sish sur’ati 120,1 % ni tashkil etdi.