17/01/2024

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2020 yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Toshkent viloyati Bekobod ixtisoslashtirilgan san’at maktabida viloyat statistika boshqarmasi hamda Bekobod shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Seminar yig‘ilishi jarayonida Statistika boshqarmasi hamda Bekobod shahar statistika bo‘limi xodimlari seminar ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish  bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.

Seminar yig‘ilishi jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.