16/01/2024

Joriy yilning 16- yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ”Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Mirasrorov hamda Yuqori Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Q. Mirzayev bilan birgalikda Yuqori Chirchiq tumani dehqon bozori va savdo obyektlariga borib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch hosil qilish maqsadida haftalik tanlanma kuzatuvi oʻtkazilildi. O’rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlariga mos kelayotganligi tekshirildi.