Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi xalqimizni Vatan himoyachilari kuni bilan qutlaydi!
El-yurt tinchligi, oilalar osoyishtaligi, chegaralarimiz daxlsizligi uchun sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi harbiylarga minnatdorlik bildiradi.
Aziz Vatan himoyachilari!
Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʻlishi uchun oʻz kuch-gʻayratingizni ayamang!
Sizlarga oilaviy xotirjamlik, sogʻlik-salomatlik, koʻtarinki ruhiyat tilaymiz.
Hayotingiz va faoliyatingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻla boʻlsin!