12/01/2024

Joriy yilning 12- yanvar kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Urunov, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Sh. Xojiyev bilan birgalikda belgilangan reja grafik asosida Zangiota tumani “Bodomzor” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuvlari o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. 

Kuzatuvlar zamonaviy planshet qurilmalari orqali bevosita so‘rovnoma tarzida o‘tkazildi.