12/01/2024

Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 3 848 tani tashkil qildi. Ularga iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа qaralganda: savdoda 1 546 ta, sanoatda 1 079 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 220 ta, yashash va ovqatlanishda 676 ta, qurilishda  27 ta, sog‘liqni saqlash va Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 39 ta, axborot va aloqada 11 ta, tashish va saqlashda 26 ta va boshqa turlar bo‘yicha 224 taga yetdi.