2024- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 6 940 tani tashkil qildi. 2022- yilning mos davriga nisbatan 141 taga ko‘paydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni esa 38 953 taga yetdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Zangiota tumanida 4 630 ta subyekt, Qibray tumanida 3 464 ta subyekt, Toshkent tumanida 2 781 ta subyekt faoliyat ko‘rsatmoqda.