Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 24 655,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 7,4 %ga o‘sdi.
Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 20 888,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 84,7 % ulushni tashkil etdi.